🤝 «BYD Uzbekistan Factory» vakillari bilan hamkorlik uçraşuvi ötkazildi
🤝 «BYD Uzbekistan Factory» vakillari bilan hamkorlik uçraşuvi
📆 Bugun «BYD Uzbekistan Factory» avtomobil zavodining xitoylik va özbekistonlik vakillari Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumiga taşrif buyurib, özaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga qaratilgan uçraşuv ötkazdilar.
📌 Uçraşuv davomida qöşma ta’lim dasturlarini taşkil etiş, zamonaviy talablar asosida malakali kadrlar tayyorlaş, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
🏢 Şundan söng mehmonlar texnikumda yaratilgan şart-şaroitlar, moddiy-texnik baza, öquv ustaxonalari va ta’lim jarayonida amalga oşirilayotgan işler bilan yaqindan tanişdilar.
💡 Bunday hamkorlik aloqalari öquvçilarning kasbiy bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, ularni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassislar etib tayyorlaşda juda muhimdir.
🤝 Hamkorlik — sifatli ta’lim, munosib bandlik va istiqbolli kelajak sari muhim qadam!
Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumi





