📢 Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumida: «Is gazidan ehtiyot böling!» ⚠️
📢 JIZZAX ILĞOR KASBIY MAHORAT TEXNIKUMIDA XAVFSIZLIK TADBIRI: «IS GAZIDAN EHTIYOT BÖLING!»
Bugungi kunda isitiş mavsumining başlanişi va ob-havoning sovib borişi munosabati bilan ta’lim muassasalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş eng muhim vazifalardan biridir.
Şu munosabat bilan Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumida öquvçi-yoşlar va xodimlar örtasida is gazidan zaharlaniş, gaz sizib çiqişi hamda yonğinlarning oldini oliş böyiça navbatdagi profilaktika tadbiri taşkil etildi.
Tadbirga hududiy Favqulodda vaziyatlar bölimi mas’ul xodimlari taşrif buyurib, öquvçilarga amaliy misollar asosida quyidagi muhim qoidalarni tuşuntirdilar:
⚠️ Is gazi — körinmas xavf: Is gazining hidi va rangi yöqligi, uni öz vaqtida seziş qiyinligi hamda u ölim xavfini tuğdirişi haqida ogohlantirildi.
🔥 Isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş: Tabiiy va suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiliş, dudböronlar va ventilyatsiya şaxtalarining doimiy sozligini ta’minlaş lozimligi ta’kidlandi.
⚡ Elektr xavfsizligi: Eskirgan, nosoz elektr simlari va qölbola isitgiçlardan foydalaniş yonğinlarga sabab bölişi mumkinligi tuşuntirildi.
🚒 Favqulodda vaziyatda harakat: Favqulodda holatlar yuzaga kelganda şoşilmasdan, töğri harakat qiliş va zudlik bilan 101, 104 yoki 112 qutqaruv xizmatlariga murojaat qiliş böyiça körsatmalar berildi.
💬 Tadbir davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olişdi.
✅ Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling — öz hayotingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!
Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumi






