Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumida xalqaro hamkorlik sari muhim qadam!
🔹 2026-yil 5-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi huzuridagi Xalqaro hamkorlik markazi vakillari Kay Lee xonim va Ge Vin janoblari hamda Jizzax viloyati kasbiy ta’lim boşqarmasi boşliği S.I. Nazarqosimov Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumiga taşrif buyurdilar.
🏛️ Taşrif davomida mehmonlar texnikumda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, öquv-amaliyot ustaxonalari, innovatsion jihozlar hamda yoşlarni kasbga tayyorlaş böyiça olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar.
📚🌍 Uçraşuv jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔸 Qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş;
🔸 Xalqaro tajriba almaşiş;
🔸 Pedagog va öquvçilar mobilligini rivojlantiriş;
🔸 Istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş.
🖋️🤝 Hamkorlikning birinçi bosqiçi sifatida tomonlar örtasida Özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Uşbu memorandum kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, qöşma ta’lim dasturlarini taşkil etiş hamda malakali kadrlar tayyorlaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
⭐️ Mehmonlar texnikumda yaratilgan şart-şaroitlarni yuqori baholab, hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🌟 Bugungi uçraşuv — xalqaro hamkorlik, sifatli ta’lim va yoşlar kelajagi yölidagi muhim qadamdir!
Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumi









