“Biz giyohvandlikka qarşimiz!”
🖌 Tanlov davomida öquvçilar tomonidan giyohvandlikning zararli oqibatlarini aks ettiruvçi ijodiy rasmlar namoyiş etildi. Uşbu rasmlar orqali yoşlar giyohvandlikning inson salomatligi, hayoti va kelajagiga salbiy ta’sirini yoritib berdilar.
📚 Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, giyohvandlikning oldini oliş, zararli odatlarga qarşi murosasiz munosabatni şakllantiriş hamda öquvçilarni soğlom va farovon hayotga undaşdan iborat böldi.
🌿 Bunday tadbirlar yoşlarning ongida soğlom turmuş tarziga intiliş, hayotga mas’uliyat bilan yondaşiş va zararli illatlardan yiroq böliş kabi fazilatlarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Jizzax ilğor kasbiy mahorat texnikumi






